Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!

  • Asosiy
  • Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!


Joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ucell kompaniyasi rahbariyati bilan seminar-uchrashuv tashkil etiladi.

Ushbu uchrashuvda siz Ucell kompaniyasi faoliyati, asosiy ish yo‘nalishlari, muhim loyihalari va zamonaviy texnologiyalari haqida batafsil bilib olasiz. Shu bilan birga, kompaniyada ishlash sharoitlari, mavjud karyera imkoniyatlari, ishga qabul qilish jarayoni hamda pullik stajirovka dasturlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, Ucell kompaniyasining ko‘p yillik tajribaga ega yetuk mutaxassislardan qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Ma’ruzachilar:

Boris Malyshev — Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi rahbari.

Tadbirda ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang❗️
Tadbir o‘tkazish joyi:
Sana: 24-sentyabr, soat 11:00
Manzil: TATU A-bino, 3-qavat, 318-xona.