HURMATLI TATU 4-BOSQICH TALABALARI!

  • Asosiy
  • HURMATLI TATU 4-BOSQICH TALABALARI!

HURMATLI TATU 4-BOSQICH TALABALARI!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha olimpiadaning universitet bosqichi tashkil etilmoqda.

🗓 Olimpiada universitet bosqichi 2026-yil 7-aprel soat 19:00 dan 21:00 ga qadar online tartibda o‘tkaziladi.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 

💡 Sizni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🏆 G‘olib bo‘ling va magistraturaga imtiyoz asosida o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

📍 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
“Iqtidorli talabalar” bo‘limi
A-bino, 214/A-xona hamda admin ga murojaat qiling!

✅ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — bilim va salohiyatingizni namoyon etish vaqti keldi!