Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizni bilim va amaliy ko‘nikmalaringizni sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi olimpiadaga taklif etadi.
🗓 2025 yil 17-dekabr, soat 13:30 da Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalari uchun “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi tomonidan “Tarmoq administratorligi” yo‘nalishi bo‘yicha olimpiada tashkil etiladi.
🧩 Olimpiada bosqichlari:
1-bosqich. Kommutatsiya va marshrutizatsiya yo‘nalishi bo‘yicha test
— 50 ta savol, 60 daqiqa
2-bosqich. Tarmoq simulyatorlarida amaliy topshiriqlar
— Cisco Packet Tracer, GNS va boshqa dasturlar asosida
3-bosqich. Real qurilmalar yordamida tarmoq topologiyalarini qurish
📍 Manzil: TATU, A-bino, 302-xona
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar
“MUT va T” kafedrasi assistenti Xasanov Orifjon Abul o‘g‘li (TATU A303-xona)ga murojaat qilishlari mumkin.
✈️ Telegram: @X_orifjon
🗒 Eslatma: Har bir ishtirokchi yuqorida ko‘rsatilgan dasturlar o‘rnatilgan shaxsiy noutbukini o‘zi bilan olib kelishi tavsiya etiladi.
🏆 Eng muhimi: Olimpiada yakunida g‘olib va sovrindorlar maxsus sertifikatlar hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.
🌐 Tarmoq administratorligi sohasiga qiziqqan barcha talabalarni ushbu nufuzli olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!