Hurmatli talabalar va tadqiqotchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli talabalar va tadqiqotchilar!

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘zbek tilining nufuzini oshirish, raqamli imkoniyatlarini kengaytirish va targ‘ibotini kuchaytirishga qaratilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi e’lon qilindi!

✅Tanlov yo‘nalishlari:
⏺ O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
⏺ O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik.

❗️Ishtirok etish tartibi:
Nomzodlar o‘zlari haqidagi qisqacha ma’lumotni va ilmiy-ijodiy ishlarining elektron nusxasini quyidagi manzillarga yuborishlari lozim:
📲uz_tili_jamgarma@umail.uz
🤖@Jonajontilim_bot (Telegram)

⏱Arizalar topshirish muddati: 2025-yil 5-oktyabrgacha
👥Ishtirok shakli: yakka tartibda yoki jamoaviy

🏆G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (≈ 20 mln 600 ming so‘m) miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

🎉Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida o‘tkaziladigan tantanali tadbir doirasida topshiriladi.

📍TATU talabalari va tadqiqotchilarini ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!