Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari tayyorlov kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 206-son qaroriga asosan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etildi.

🗒Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarida o‘qish istagini bildirgan salohiyatli va iste’dodli yoshlarni joriy yil 1-iyulga qadar maxsus veb-sayt (https://dscience.uz/register/students/uz) orqali ro‘yxatdan o‘tishga taklif etamiz.

✅Batafsil ma’lumotni: https://dscience.uz/ orqali olishingiz mumkin.