Hurmatli talabalar!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va PhD uchun KOICA grant dasturlarini e’lon qiladi.

📄 Talab qilinadigan hujjatlar:
✅Ariza formasi;
✅Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
✅Shaxsiy ma’lumot (Personal statement) va
O‘quv rejasi (Study plan) ;
✅Tavsiyanoma (Recommendation letter);
✅IELTS 6.5 +;
✅Pasport nusxasi.

📝 Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
- Oylik stipendiya
   
📄Hujjatlar qog‘oz ko‘rinishida, A binoning 2-qavatida 226-xonada qabul qilinadi.

Kerakli arizalar namunasini yuklab olishingiz mumkin:
Namuna (https://drive.google.com/drive/folders/13peZMKUqtnTlDSz2PN9zURd2Bkn39NWF?usp=drive_link)

🗓 Muddat: 2024-yil 20-dekabr.

Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 25-dekabr kuni suhbatga chaqiriladi.

❕ Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!