Hurmatli talabalar!

Ma’lumki, har o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida turli nomli davlat stipendiyalar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”, “Beruniy” hamda “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi” ga talabalar nomzodlari tavsiya etiladi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi”, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya” hamda “O‘zbekiston Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati” ham  o‘zlarining maxsus stipendiyalarini joriy etishgan.

Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan nomli davlat stipendiyalari hamda soha stipendiyalariga nomzod talabalar hujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib, fakultet dekani tavsiyanomasi asosida joriy yilning 31-may kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (C – bino, 5-qavat, 523-xona)ga topshirishingiz mumkin.
Stipendiyalar Nizomlari bilan universitetning tuit.uz saytining “talabalarga” ruknining “Stipendiya va grantlar” bo‘limida tanishish mumkin.