
Sizni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU tadqiqotchisi Xudoyberdiyev Rahmatillo Fozilliddinovichning 05.01.04 ‒ “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Axborotlarni uzatish tizimlarida boshqaruv hisoblash vositalarining ishlash jarayonlarini baholash modellari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 15-may soat 1600.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU tadqiqotchisi Quzibayev Xudayshukur Shavkat o‘g‘lining 05.01.04 ‒ “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Gidrogeologik ma’lumotlarni raqamli ishlash asosida suv sifatini bashorat qilish algoritmi va dasturiy majmuasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 15-may soat 1400.
Ilmiy kengash majlisi 2025-yil 15-may kuni soat 1400 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “E” bino 101-xonada bo‘lib o‘tadi.