
Baxramov Sayfiddin Akbarovichning “ Lokal va bazis splaynlar asosida meditsina ma’lumotlariga ishlov berish va geofizik jarayonlarni sonli modellashtirish ” mavzusidagi 05.01.07 - Matеmatik modеllashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligidan texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 21-fevral kuni soat 10:00 E bino 101 xonasidagi majlisida bo‘lib o‘tadi.