Sizlarni 2025-yil 20-oktabr kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 13/05 05.2023.T.07.03 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” hamda 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning Dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistenti Zaripov Fazilbek Maxsetovichning 01.11- “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Qoramollarni video-tasvirlar asosida identifikatsiya qilishda chuqur o‘qitish modellarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 20-oktabr soat 10:00. Ilmiy rahbar – Nishanov Axram Xasanovich texnika fanlari doktori, professor.
- Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining tayanch doktoranti Tojiboyev Bobomurod Mamitjonovichning 01.03 - “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Yerni masofadan zondlash tasvirlarini tanib olishda qismiy presedentlik tamoyilidan foydalanib qaror qabul qilish algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi, 2025-yil 20-dekabr soat 11:00. Ilmiy rahbar – Xudayberdiyev Mirzaakbar Xakkulmirzayevich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Seminar 2025-yil 20-oktabr kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi.
Boshlanish vaqti soat 10:00.
Zoom havola:
https://us06web.zoom.us/j/6967253236?pwd=V0c0ZUxoaVd1VGFkbTZ4dG1iUjhWdz09&omn=83453934933
Zoom ID: 696 725 3236
Passcode: karsu