Sizni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/05.05.2023.T.07.03 raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti Xasanov Dilmurod Rasul o‘g‘lining 01.11-“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha “Sun’iy intellekt usullari yordamida qishloq xo‘jaligi takroriy ekinlari hosildorligini bashoratlashning model va algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 19-noyabr soat 1400.
- Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti Egamberdiyev Elyor Hayitmamatovichning 01.11-“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha “Multitipli ma’lumotlar muhitida qobiliyatlarni bashoratlash algoritmlari va dasturiy vositasi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil
19-noyabr soat 1600.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 108-uy.
Tel.: (99871) 238-64-43
e-mail: iktuit@tuit.uz