HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR!

  • Asosiy
  • HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR!

Sizlarni 2025-yil 8-oktabr kuni soat 1400 da bo‘lib o‘tadigan Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 13/05 05.2023.T.07.03 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” hamda 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminarga taklif etamiz.  Ilmiy seminarda quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning tayanch doktoranti Xasanov Dilmurod Rasul o‘g‘lining 01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Sun’iy intellekt usullari yordamida qishloq xo‘jaligi takroriy ekinlari hosildorligini bashoratlashning model va algoritmlarini ishlab chiqish mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 8-oktabr soat 1400. Ilmiy rahbar – Raximov Nodir Odilovich texnika fanlari doktori, dotsent.
  2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning tayanch doktoranti Egamberdiyev Elyor Hayitmamatovichning 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Multitipli ma’lumotlar muhitida qobiliyatlarni bashoratlash algoritmlari va dasturiy vositasi” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi, 2025-yil 8-oktabr soat 1600. Ilmiy rahbar – Mo‘minov Bahodir Boltayevich texnika fanlari doktori, professor.

Seminar 2025-yil  8-oktabr kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi.
Boshlanish vaqti soat 1400.

Zoom havola:  https://us05web.zoom.us/j/85681086563?pwd=RdHD0xN3Zozt8zFz37DmgQuvuShces.1

Zoom ID: 856 8108 6563

Passcode: 916920