Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Klicheva Firuza Gulmuratovnaning 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish asosida tibbiy tashxislash masalasini yechish algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 3-iyun soat 14:00.
- Karimov Nodirbek Madirimovichning 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Ziddiyatli vaziyatlarda kuchlarni taqsimlash va boshqarishning matematik model, usul va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 3-iyun soat 16:00.
Majlis o‘tkaziladigan joy manzili: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E bino, 101-xona.