HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR-2026

  • Asosiy
  • HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR-2026

Sizlarni 2026-yil 15-aprel kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.03 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” hamda
05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.

  1. Toshkent davlat texnika universitetining mustaqil tadqiqotchisi Zaripova Shahlo Olimovnaning 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Dinamik obyektlarni boshqaruv tizimlarida adaptiv filtrlash algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi; 2026-yil 15-aprel soat 1400.
    Ilmiy rahbar – Sevinov Jasur Usmonovich texnika fanlari doktori, professor

 

  1. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tadqiqotchisi Xaydarov Sherali Islom o‘g‘lining 05.01.03-“Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Sut bezi saraton kasalliklarini erta aniqlashda xatoliklarni minimallashtirishga asoslangan tashxislash algoritmi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi. 2026-yil 15-aprel soat 1400.
    Ilmiy rahbar – Mamajanov Rahmatilla Yakubjanovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.

 

Seminar 2026-yil 15-aprel kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi.
Boshlanish vaqti soat 14:00.

Zoom havola

Zoom ID: 845 9359 3806

Passcode: 374765