HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR!

  • Asosiy
  • HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR!

Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.Т.01.02 raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:

  1. Turumbetov Bairam Kongratbayevichning 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo‘yicha “Модели и алгоритм обслуживания разнородного трафика в сетях 5G” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 6-iyun soat 1000.
  2. Kengesbayev Salauat Kuanishbayevichning 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Intellektual optoelektron tizimi asosida suyuq muhitning fizik va kimyoviy parametrlarini nazorat qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 6-iyun soat 1130.

 

Majlis o‘tkaziladigan joy manzili: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E bino, 101-xona.