Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar

Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” va 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiya ishlari muhokamadan o‘tkaziladi.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Abdullayev Abdubakir Xikmatillayevichning 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha “Magnit maydonida plastinka shaklidagi mikroelementning elektromagnitoelastik tebranishi jarayonini matematik modellashtirish”mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2026-yil 24-iyun soat 1000.

Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Indiaminov Ravshan Shukurovich

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Joldasov Shaxislam Batirovichning 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar (texnika fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Rastrli tasvirlarni vektorlashtirish usuli, algoritmlari va dasturiy ta’minoti” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2026-yil 24-iyun soat 1130.

Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Beknazarova Saida Safibullayevna.

 

Ilmiy seminar 2026-yil 24-iyun soat 1000 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU A bino Media markazda bo‘lib o‘tadi.