Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” va 05.01.10‒“Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiya ishlari muhokamadan o‘tkaziladi.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Axmedova Xusniya Xusanovnaning 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilidagi matnlarni perefraz qilish jarayonlari va axborot tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2026-yil 24-iyun soat 1400.
Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent Sultanov Djamshid Baxodirovich.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Xoldorov Shohruhmirzo Imomali o‘g‘lining 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “Malakali sportchilarni tayyorlashda mushak biosignallariga ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasi” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2026-yil 24-iyun soat 1600.
Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Kaxxarov A’loxon Abrorovich.
Ilmiy seminar 2026-yil 24-iyun soat 1400 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU E bino 101-xonasida bo‘lib o‘tadi.