Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” va 05.01.10‒“Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiya ishlari muhokamadan o‘tkaziladi.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktaranti Temirova Xosiyat Farxod qizining 01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “Tish kasalliklarini tashxislash algoritmlari va dasturiy majmuasi” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2026-yil 11-iyul soat 1000.

Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent Ismailov O.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti izlanuvchisi Turayev Boburxon Shuhrat o‘g‘lining 01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tili matnlarini morfologik va sintaktik tahlil qilish algoritmlari va dasturiy majmuasi” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2026-yil 11-iyul soat 1200.

Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Musayev Muhammadjon Maxmudovich


Ilmiy seminar 2026-yil 11-iyul soat 1000 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU E bino 101-xonasida bo‘lib o‘tadi.