Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti Tojiboyev Bobomurod Mamitjonovichning 05.01.03-“Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha “Yerni masofadan zondlash tasvirlarini tanib olishda qismiy pretsedentlik tamoyilidan foydalanib qaror qabul qilish algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 4-mart soat 1400.
- Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturlash texnologiyalari” kafedrasi assistenti Zaripov Fazilbek Maxsetovichning 05.01.11-“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha “Qoramollarni video-tasvirlar asosida identifikatsiya qilishda chuqur o‘qitish modellarini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 4-mart soat 1600.