Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Aktamov Shohruhbek Ulug‘bek o‘g‘lining 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Qon aylanish tizimi kasalliklarini tasniflashda informatsion xususiyatlar to‘plamini tanlash algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 6-may soat 1400.
- Primqulov Oybek Dilmurot oʻgʻlining 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Kvant hisoblash asosida ijtimoiy sektor faoliyati holatini baholashning mantiqiy-evristik model va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi, 2026-yil 6-may soat 1600
Majlis o‘tkaziladigan joy manzili: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E bino, 101-xona.