Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli ilmiy Kengashda bo‘lib o‘tadigan dissertatsiya ishi himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Xoldorov Shohruhmirzo Imomali o‘g‘lining 01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Malakali sportchilarni tayyorlashda mushak biosignallariga ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi.

2026-yil 25-avgust soat 1400.

Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Kaxxarov A’loxon Abrorovich.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Turgunov Bekzod Abdivositovichning 01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Ko‘zi ojiz shaxslarning yashash muhitidagi obyektlarni anglashga ko‘maklashuvchi apparat-dasturiy majmuasi va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi.

2026-yil 25-avgust soat 1600.

Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Xamdamov Utkir Raxmatillayevich.

 

Majlis oʻtkaziladigan joy manzili:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E bino, 101-xona