Hurmatli magistratura bosqichi bitiruvchilari!

  • Asosiy
  • Hurmatli magistratura bosqichi bitiruvchilari!

Hurmatli magistratura bosqichi bitiruvchilari!

📣Ajoyib yangilikni Siz bilan baham ko‘rmoqchimiz: 26-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Magistr bitiruvchilariga diplom topshirish" marosimi bo‘lib o‘tadi!

📸Ushbu voqea siz uchun umr bo‘yi esda qoladi! Hayotning unutilmas lahzalarini suratga olish uchun sizni professional fotosessiya, diplomning tantanali taqdimoti va maxsus foto zonasi kutmoqda.

Biz bilamizki, bu siz uchun hayotdagi eng baxtli voqealardan biri va biz uni nafaqat esda qolarli, balki o‘ziga xos tarzda o‘tishini xohlaymiz.

🆕Shuning uchun universitet tarixida ilk bor, siz aziz talabalar uchun maxsus tayyorlangan - universitet ramzlari bitilgan bitiruv libosi tayyorlab qo‘yganmiz!

Hayotingizdagi eng quvonchli voqealardan birini biz bilan o‘tkazing!

Bitiruv marosimida ko‘rishguncha!

https://youtu.be/S84muCaoC1Q