Hurmatli magistr bitiruvchilari!

  • Asosiy
  • Hurmatli magistr bitiruvchilari!

Hurmatli magistr bitiruvchilari!

📣Ajoyib yangilikni Siz bilan baham ko'rmoqchimiz: 19-iyun kuni soat 10:30da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Bitiruvchilarga diplom topshirish" marosimi bo'lib o'tadi!

📸Ushbu voqea siz uchun umr bo'yi esda qoladi! Hayotning unutilmas lahzalarini suratga olish uchun sizni professional fotosessiya, diplomning tantanali taqdimoti va maxsus fotozona kutmoqda.

Umid qilamizki, bu siz uchun hayotingizdagi eng baxtli voqealardan biri bo'ladi va biz uni nafaqat esda qolarli, balki o'ziga xos tarzda o'tishini xohlaymiz.

🆕Shuning uchun Siz aziz talabalar uchun maxsus tayyorlangan, universitet ramzlari bitilgan bitiruv liboslarini tayyorlab qo'yganmiz!

Hayotingizdagi eng quvonchli voqealardan birini biz bilan o'tkazing!

Bitiruv marosimida ko'rishguncha!