
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda joriy yilning 24–25-sentabr kunlari universitetimizning 70 yillik yubileyi munosabati bilan:
“Raqamli transformatsiyalash jarayonida muhandislik sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
• Sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalari
• Matematik modellashtirish va amaliy dasturiy yechimlar
• Robototexnika, sanoatni avtomatlashtirish va yashil energetika
• Kiberxavfsizlik, axborot himoyasi va raqamli kriminalistika
• Raqamli va yashil iqtisodiyotning rivojlanish jarayonlari
• Ta’lim tizimida raqamli innovatsiyalar
• Telekommunikatsiya injiniringi, radiotexnika va zamonaviy mobil aloqa texnologiyalari
• Geoinformatika, masofadan zondlash va geointellektual tizimlar
• Intellektual multimedia texnologiyalari va immersiv muhitlar
• Raqamli hukumat va elektron tijoratni rivojlantirish yo‘nalishlari
❗️Maqola (tezis) topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 5-sentabr.
📤Maqola matni belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilib, quyidagi platforma orqali elektron shaklda yuboriladi:
🔗https://conference-list.uz
📄Maqola shablonini yuklab olish:
🔗 Maqola shabloni
To‘liq ma’lumot uchun:
🔗To‘liq ma’lumot