Hurmatli hamkasblar, professor-o’qituvchilar va xodimlar!

  • Asosiy
  • Hurmatli hamkasblar, professor-o’qituvchilar va xodimlar!


 Farzandlarimiz uchun ota-onalari ishlayotgan joyni, ularning sharafli kasbi va ish muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyati juda qiziqarli. Shu maqsadda universitetimizda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalarimiz” shiori ostida professor o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun tadbir tashkil etilmoqda!

 Mazkur tadbirda 6 yoshdan katta bo‘lgan aziz bolajonlarimiz, yigit va qizlarimiz ishtirok etishi mumkin.
 
Tadbir davomida:
• Bolajonlar ota-onalarining mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishadilar, ular uchun universitetimizdagi sharoitlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar beriladi.
• Robototexnika va IT sanoatining ilg‘or mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, bolalar innovatsion texnologiyalar bilan tanishadilar.
• Tadbirning ko‘ngilochar qismida animatorlar, fokuschilar ishtirokida turli xil chiqishlar, shoular va qiziqarli tanlovlar va musiqiy tanaffus o‘tkaziladi.
• Bolajonlarimiz ishtirokida rasmlar chizish (Madonnari - asfaltga chizilgan rasmlar, shahar rasmlari, ko‘cha san’atining yo‘nalishlaridan biri) kabi tanlovlar o‘tkaziladi.
 
 Sana: 1-iyun
 Vaqt: 10:00
 Manzil: TATU Sport majmuasi

  Farzandingizga sizning ishlayotgan joyingizni ko‘rsatish va ularni kasbingiz bilan tanishtirish ularga unutilmas taassurot qoldirishi aniq!