Sizni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.Т.01.01.М raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Samandarov Batirbek Satimovichning 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Ko‘p parametrli ma’lumotlar oqimini boshqarish modellari, algoritmlari va axborot almashish jarayonlari (chorva komplekslari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi.
2026-yil, 26-fevral, soat 1400
Ilmiy maslahatchi: t.f.d., professor Nishanov Axram Xasanovich.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tadqiqotchisi Kamolov Nodirjon Ma’murjon o‘g‘lining 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Nutqni aniqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan intellektual mobil robotning matematik va apparat dasturiy ta’minoti” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi
2026-yil, 26-fevral, soat 1600
Ilmiy rahbar: f-m.f.d., professor Nematov Sherzod Qalandarovich.
Majlis oʻtkaziladigan joy manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E bino 101 xona