Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida davra suhbatlari o‘ztakizildi
Davra suhbati "Norma ijodkorligi: bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari" mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialining Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich, "AKT sohasida tez tez uchrab turadigan huquqiy muammolar va ularga yechim" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining xodimi Lochin Atoyev, “Qonun ustuvorligi va iqtisodiy o‘sishning bog‘liqligi: rivojlangan va qoloq mamlakatlar misolida” mavzusida “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti D.Gafurova, “Raqamli transformatsiya va raqamli farovonlik” mavzusida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor M.Yakubov hamda "Men va Davlat" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida Respublika masalalari va ma’naviy va ma’rifat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent X. Umarovlar o‘zlarining chiqishlari bilan ishtirok etishdi.