TATU tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi va TATU qoshidagi Toshkent akademik litseyiga tashrif uyushtirildi.

  • Asosiy
  • TATU tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi va TATU qoshidagi Toshkent akademik litseyiga tashrif uyushtirildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021-yil 24-26-dekabr kunlari o‘tkazilgan TATU Kubogi mini-futbol (futzal) chempionati doirasida Kasb-hunar ta’lim muassasalari, akademik litsey va filiallar bilan ishlash boshqarmasi turnir ishtirokchilari uchun TATU tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi va TATU qoshidagi Toshkent akademik litseyiga tashrif uyushtirildi.

Toshkent axborot texnologiyalari texnikumida davra suhbati tashkil etilib, unda ta’lim muassasa rahbarlari duch keladigan muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasida tajriba almashish maqsadida TATUning barcha hududiy filiallari, texnikumlari va akademik litseylari rahbarlari ishtirok etdilar.

  • Shuningdek, 2021-yilning 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Inha universiteti mutaxassislari tomonidan IT-texnikum o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Inha universitet rektori Jalolov M.M. va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Professional ta’lim muassasalari, akademik litsey va filiallar bo‘yicha prorektori Li D.E. TATU filiallari, texnikumlari va akademik litseylari rahbarlari ishtirokida ochib berdilar. Mazkur kurslar Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori va TATU Professional ta’lim muassasalari, akademik litsey va filiallar bo‘yicha prorektori tomonidan imzolangan va tasdiqlangan “Tadbirlar rejasi” doirasida tashkillashtirilgan.

Tadbir davomida TATU hududiy filiallari direktorlari va Inha rektori o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.