Huawei Technologies (Russia) kompaniyasining Standartlash va Sanoatni rivojlantirish direksiyasi tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Huawei Technologies (Russia) kompaniyasining Standartlash va Sanoatni rivojlantirish direksiyasi tashrif buyurdi

🏛Joriy yilning 27-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Huawei Technologies (Russia) kompaniyasining Standartlash va Sanoatni rivojlantirish direksiyasi tashrif buyurdi

✅Uchrashuv qizg‘in ruhda kechib, tomonlar IT sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularni intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari haqida fikr almashildi. Muhokamalar davomida IT sohasining zamonaviy tarmoqlari: sun’iy intellekt, robototexnika, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

✅Tomonlar yaqin muddatlarda ilmiy-pedagogik kadrlar, olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida workshop tashkil etish hamda uning natijasida hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.