Huawei ICT Competition 2025–2026 musobaqasining Global Final bosqichida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

  • Asosiy
  • Huawei ICT Competition 2025–2026 musobaqasining Global Final bosqichida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Shenzhen shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli Huawei ICT Competition 2025–2026 musobaqasining Global Final bosqichida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

☑️ Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar qatorida TATU talabalari ham Network Track va Cloud Track yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan murakkab amaliy imtihonlarda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yuqori saviyada namoyish etdilar.

👍 Musobaqa doirasida ishtirokchilar uchun Huawei kompaniyasining innovatsion ko‘rgazmalar markazi — Huawei Exhibition Hall bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Talabalar sun’iy intellekt, 5G/6G texnologiyalari, bulutli infratuzilmalar hamda kompaniyaning eng so‘nggi innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

🚀 Mazkur tashrif yoshlar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba manbai, balki kelajakdagi ilmiy va professional faoliyatlari uchun muhim motivatsiya vazifasini ham o‘tadi.

♻️ Ayni damda hamyurtlarimiz musobaqaning yakuniy natijalarini kutmoqdalar. TATU jamoasi vakillariga omad tilaymiz va ulardan yuqori natijalar kutib qolamiz!