Dam olishni rejalashtirayotganingizda, albatta O'zbekiston ro'yxatingizda birinchilardan emas. Biroq, Janubiy Karolina universiteti sobiq Sovet respublikasiga turistik sanoatni va xizmat ko'rsatish iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish uchun kirib kelmoqda va bu holat tez orada o’zgaradi.
"Conde Nast Travel" ga ko’ra O’zbekiston 2019 yilning eng mashxur joylardan biri bo’lib, "Siz hech ham tashrif buyurmagan eng ajoyib mamlakat" sifatida halqaro nashrlardan o’rin oldi. Mijozlarga xizmat ko'rsatishga qaratilgan iqtisodiy tiklanish yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston jadal rivojlanmoqda. Uning ajoyib arxitekturasi, tarixga boy joylari va jonli bozorlari zamonaviy sayyohlarni Buyuk Ipak yo'lini yanada chuqrroq o’rganishga chorlaydi.
"Bizning sohalarimiz madaniyatlarni birlahtirish, sarguzashtlarga ilhom berish, jahon iqtisodiyotini mustahkamlash va odamlarning hayotini boyitishga qodirdir".
Mark Rozenbaum, chakana savdo bo’limi rahbari
Mamlakatning xizmat ko'rsatish infratuzilmasini yaratish borasidagi tashabbusi doirasida poytaxtdagi ikkita universitet, Toshkent Iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbarlari UofSC Kolumbiya Mehmondo’stlik, Chakana savdo va sport boshqaruvi Kollegiga (HRSM) mazkur yilning yoz faslidada tashrif buyurdilar. HRSM Kolleginig turli fakultetlari va bo’limlari bilan tanishib chiqqandan so'ng, tashkilotlar yangi ilmiy izlanishlanishlar bo’yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida o'zaro kelishuv memorandumini ishlab chiqdilar. Ushbu memorandum reja sifatida qabul qilingan va Vasiylik kengashining yakuniy roziligini kutmoqda.
"O'zbekistonning bu tashabbusi bizning kollejimizda tadbirkorlik va dinamikaning namunali namoyishidir", deydi HRSM dekani Haemoon Oh . "Ushbu hamkorlik o'quvchilarning, o'qituvchilarning, innovatsion stipendiyalarning va sanoat rahbarlarining tajribalarini ilgari surish uchun bir joyga to'plangan kuchli ta'lim arenasidir. Bunday darajadagi milliy iqtisodiyotga ega hamkorlarimiz bilan hamkorlik qilishdan juda mamnunmiz."
Hamkorlik madaniyatlararo ta'lim, global tadqiqot va ishchi kuchini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, O'zbekistonda chakana savdo, elektron savdo, sayyohlik, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, sport va ko'ngil ochish sohalarini rivojlantirish bilan bir qatorda talabalrga Janubiy Karolinada ilmiy salohiyatlarini oshirishga imkon yaratadi.
"Bizning sanoatlarimiz madaniyatlarni birlashtirish, sarguzashtlarni ilhomlantirish, global iqtisodiyotni mustahkamlash va odamlarning hayotini boyitishga qodir, - deydi" Uofs "chakana savdo bo’limi rahbari Mark Rozenbaum." "Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarining kelajagi mijozlarga xizmat ko'rsatishda bo’lib, O'zbekiston ko'p jihatdan buni uddasidan chiqa oladi"-deydi u.
O’zbekistonga borish bundan besh yil avvalgi holatga ko’ra ancha onsonlashgan bo’lib, visaga doir jarayonlar sayyohlar uchun soddalashtirilgan.
U yerga boran mehmonlar hayratlanarli go'zallik va ming yillik tarix bilan yuzlashadilar. Xitoydan Turkiyagaga qadar bo’lgan qadimiy Buyuk Ipak yo'lida uchta muhim bekat bo’lib, ular O’zbekistondadir. O'sha paytlardan qolgan ko'plab tarihiy obidalar hozirgacha tiklanib kelinmoqda. VI asrda qurilgan Xiva shahri ko'p jihatdan o'zgarmagan va 50 ming kishi yashaydigan jonli muzeyga o’hshaydi.
O'zbekiston uchun yangi davr boshladi, va UofSC fakulteti unga mahalliy olimlar, soha mutaxassislari va davlat rahbarlari bilan birgalikda ishlashiga yordam beradi.. Mehmonxona maktabi, Restoran va turizm boshqaruvi rahbari Drew Martin shu yilning oxirida O'zbekistonga xizmat safari bilan tashrif buyuradi va butun mamlakat uchun hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan hamkorlikning keyingi bosqichiga asos soladi.