TATU Media Markazida taniqli kinoijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hojimurod Valiev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • TATU Media Markazida taniqli kinoijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hojimurod Valiev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TATU Media Markazida taniqli kinoijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hojimurod Valiev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗒 Hojimurod Valiev 1970-yillardan boshlab O‘zbekiston hujjatli kinolari olamida rejissyor, muallif, badiiy rahbar sifatida ijod qilib kelgan, ko‘plab hujjatli filmlarni yaratgan, o‘ziga xos ijodkor sanaladi. Masalan, “Maqsud shayxzoda”, “Fiqh olami sultoni”, “Oqsoqol”, “Akademik Shavkat Vohidov”, “Qodiriy bog‘i” kabi qator filmlar bunga misol.

💬 Ijodiy uchrashuvda Botir Bazarbayev – O‘zbekiston va Rossiya Kinematograflar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi, katta o‘qituvchilar Kamolitdin Ismoilov, Gulnora Tashmuhamedova va 3-bosqich talabalari qatnashdilar. Ko‘plab talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berdilar va mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar olindi. Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda ijodiy motivatsiyaga boy bo‘lib o‘tdi.