Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Jizzax shahrida tashkil etilgan Hindistonning Sambhram universiteti vakillari tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekistonda Axborot texnologiyalar sohasidagi yetakchi oliy ta’limi hisoblangan TATUning o‘quv jarayonlari va ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishishdir. Shuningdek, universitet rahbarlari uchrashuv davomida o‘zaro anglashuv memorondumlari muhokama qildilar va Sambhram texnologiya universiteti TATUning tajribasini o‘rganish va joriy etish istagini bildirdilar.
Ma’lumot uchun: Sambhram texnologiya universiteti Sambhram Group’ga tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Kompaniya ta’lim sohasida 30 yillik tajribaga ega bo‘lib, dunyo bo‘yicha o‘zining 7 ta xalqaro kampusiga ega.