TATUda DSc va PhD ilmiy darajalar olish himoyalari bo‘lib o‘tdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengashda joriy yilning 17-18 iyul kunlari quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalarni olish uchun dissertatsiyalar himoyasi va taqdimotlari o‘tkazildi:
17.07.2017 yilda «Mintaqaviy gidrogeologik tizimlarning geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellash» mavzusidagi 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha Jamoljon Xudayqulovich Djumanovning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy maslahatchi Ibrohim Xabibullayev, texnika fanlari doktori, professor. Tadqiqotning maqsadi: mintaqaviy gidrogeologik tizimlardagi geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellash usullarining samaradorligini oshirishdan iborat.
17.07.2017 yilda «Foto va injeksiya-voltaik effektlar asosida quvvat kuchaytirgichlarining ish rejimlarini barqarorlashtirish» dissertatsiya mavzusiga oid 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari) ixtisosligi Toshmatov Shunqorjon Toshpulatovichning dissertatsiya himoyasisiz «Quvvat kuchaytirgich» ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ilmiy rahbar Xayrulla Aripov, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Tadqiqotning maqsadi: foto va injeksiya-voltaik effektlar asosida quvvat kuchaytirgichlarining ish rejimlarini barqarorlashtirishni asoslashdan iborat.
18.07.2017 yilda «Kolmogorov-Fisher tipidagi biologik populyatsiya chiziqsiz sistemasini sonli modellashtirish» mavzusidagi 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha Muxamediyeva Dildora Kabilovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy rahbar Mersaid Aripov, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Tadqiqotning maqsadi: chiziqsiz parchalanish usuli yordamida bir jinsli va geterogen muhitda kvazichiziqli parabolik tenglamalar va ularning sistemalari bilan ifodalanuvchi ko‘p komponentali raqobatdosh chiziqsiz biologik populyatsiya jarayonlarining sonli modellarini ishlab chiqishdan iborat.
18.07.2017 yilda «Kolmogorov-Fisher tipidagi biologik populyatsiya chiziqsiz sistemasini sonli modellashtirish» mavzusidagi 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha Sharipov Daler Kuchkarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bulib o‘tdi. Ilmiy rahbar Normaxmad Ravshanov, texnika fanlari doktori. Tadqiqotning maqsadi: sanoat hududlarining ekologik holatini tahlil etish, monitoring qilish va prognozlash hamda atmosferada zararli moddalarning tarqalishini hisobga olgan holda sanoat ob’ektlarini optimal joylashtirish uchun aniq matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmuani yaratishdan iborat.
Ilmiy kotib F.M.Nuraliyev