HiEdTec loyihasi doirasida monitoring tashrifi bolib o’tdi

  • Asosiy
  • HiEdTec loyihasi doirasida monitoring tashrifi bolib o’tdi

Joriy yilning 19-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida HiEdTec “Markaziy Osiyoda oily ta’lim tizimini yangi texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida monitoring tashrifi bo’lib o’tdi. Monitoring tashrifini NEO Uzbekistan ekspertlari Qudratxon Bahodirov va Gulshoda Karlibaevalar olib bordilar.

Tashrifdan maqsad - shu kungacha amalga oshirilgan tadbirlar va ishlab chiqilgan maxsulotlar haqida maʼlumot olish hamda loyiha faoliyati davomida va moliyaviy masalalarda biror bir muammoga duch kelinganmi yoki yoʼqligini kuzatish, muhokama qilish va hal etishga koʼmaklashishdan iborat.


Uchrashuvda TDIQdan 2ta prorektor, oʼquv boʼlimi boshligʼi, TDIQ 4ta ishtirokchi, TАTUdan 3ta ishtirokchi, doktorantlar va talabalar ishtirok etishdi. Monitoringda Sabirjan Yusupov, Rashid Nasimov va Nulufar Аllaberganovalar loyihani amalga oshirish boʼyicha maʼlumot berdilar. NEO Uzbekistan ekspertlari tomonidan shu kungacha joriy etilgan va ishlab chiqarilgan maxsulotlar va shu bilan birga loyiha faoliyati davomida va moliyaviy masalalarda biror bir muammoga duch kelinganmi yoki yoʼqligi haqida soʼraldi. Keyin loyiha ishtirokchilari bilan muhokama boʼlib oʼtdi. Monitoring tashrifi yakunida, NEO Uzbekistan ekspertlari loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, yaxshi jamoa shakllantirilganligi va loyiha yuqori darajada boshqarilayotganligini taʼkidlab, dastlabki norasmiy fikr mulohazalarini taqdim etdilar.

TATU matbuot xizmati