Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturi bo‘yicha “ HIEDTEC ” loyihasining 9-uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Loyiha hamkorlari Bolgariya, Italiya, Lyuksemburg va Portugaliyadan 4 ta universitet hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 15 ta universitet, shuningdek, tegishli mamlakatlardagi taʼlim va fan vazirliklari hisoblanadi. Loyiha oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalariga asoslangan innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etish va faol qoʻllash orqali raqamli avlodning ilg‘or taʼlim tizimiga moslashtirishga asoslanadi.
Loyihaning asosiy maqsadi talabalarning masofadan turib taʼlim olish imkoniyatini yaratish uchun oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tomonidan tegishli oʻquv resurslari yaratilishi va mavjud barcha oʻquv materiallarini masofaviy taʼlim platformalariga joylashtirib borishi, virtual muhitda ishlashni yaxshilash uchun “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari” kurslari yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.
HIEDTEC loyihalarida offline ta’lim hamda masofaviy ta’limning sifatli amalga oshirishida nazorat qilish hamda yangicha ta’lim dasturlari takomillashtirilgan.
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Bolgariyaning Ruse Universiteti, Qirgʼisiztoninng Аla-Too xalqaro universiteti va K. Tinistanova nomidagi Issiq-Koʼl davlat universitetlari bilan kelajakda turli yoʼnalishlarda hamkorlikni kengaytirish boʼyicha memorandum shartnomasi imzolandi.