🌐Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturi boʻyicha “HIEDTEC” loyihasining 8-uchrashuvi Italiyaning Pavia shahridagi Pavia universitetida boʻlib oʻtdi
🔹Loyihaning asosiy maqsadi talabalarning masofadan turib taʼlim olish imkoniyatini yaratish uchun oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tomonidan tegishli oʻquv resurslari yaratilishi va mavjud barcha oʻquv materiallarini masofaviy taʼlim platformalariga joylashtirib borishi, virtual muhitda ishlashni yaxshilash uchun “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari” kurslari yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.
🔹HIEDTEC loyihalarida offline ta’lim hamda masofaviy ta’limning sifatli amalga oshirishida nazorat qilish hamda yangicha ta’lim dasturlari takomillashtirilgan.