Joriy yilning 2 – 6 dekabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetida ERASMUS+ loiyhasining bosh kordinator hisoblanuvchi Bolgariyaning Angel Kanchev Ruse universiteti boshchiligida olingan 98092-EPP-1-2018-1-BG-EPPKA2-CBHE-SP - “Modernisation of higher education in Central Asia through new technologies (Markaziy Osiyoda oliy talim tizimini yangi texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish - HiEdTec)” loyihasining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yevropaning Bolgariya, Italiya, Portugaliya, Luksemburg davlatlaridan 4ta va Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qozog‘izton, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlaridan 15ta jami 19ta oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyuruvchi yetakchi mutaxassislar uchrashuvda qatnashishlari belgilangan. Shuningdek, har bir davlatning Oliy ta’lim vazirligidan tegishli mutaxassislarning uchrashuvga qatnashishlari kutilmoqda.
HiEdTec loyihasi doirasida Yevropa kommissiyasining ko‘magida O‘zbekistonning Oliy ta’lim tizimini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari sifatida Oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish konsepsiyasini joriy etish, innovatsion ta’lim texnologiyalari uchun markaz va faol sinf xonalarini tashkil etish masalalari kun tartibiga kiritilgan.
Uchrashuv yakunida Markaziy Osiyo OTMlari uchun Oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish konsepsiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan hamda loyihadan ajratilgan mablag‘ hisobotida tashkil etilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari uchun markaz va faol sinf xonalarini jihozlanish holati o‘rganiladi.
Shu bilan birga, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, faol sinf xonalarida zamonaviy texnologiyalar yordamida darslarni tashkil etish uchun qo‘shimcha treyninglar ham tashkil etilgan.