"Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • "Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 3-dekabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan "Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirni universitet rektori B. Maxkamov ochib berdi. O‘z nutqida “Shu o‘rinda bizning universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va rahbariyati tomonidan sizlarga ham qalban ham ruhan kuchli bo‘lishni, oldingizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun hech qachon bo‘sh kelmasligingizni faqat va faqat olg‘a yurishni hamda o‘qishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Siz doim bag‘rikeng va mexhnatsevar halqimiz eʼtiboridasiz” deb iliq tilaklarni bildirdi.

🔹Tadbirni Respublikamizda sevimli va iste’dotli aktrisa Dilnoza Kubaeva olib bordi. Tadbir talabalar oʼrtasida tashkil etilgan “Shaxmat musobaqasi” turniri bilan boshlandi. Shaxmat musobaqasi yakunida musobaqa g‘oliblari hamda 100 dan ortiq imkoniyati cheklangan talabalarga TATU rektori B. Maxkamov va tadbir mehmoni IT-Park direktori o‘rinbosari J. Radjabov tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshirildi.

🔹Tadbirga O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarovning qo‘shiqlari, harbiy talabalarning vatanparvarlik va estrada qo‘shiqlari bilan chiqishlari yanada ko‘rk va yuqori kayfiyat bagʼishladi.
Tadbir TATU talabalari tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishlari, sheʼriy chiqishlar, ashula va raqs, qiziqarli viktorinalar bilan davom etdi.

✅Tadbirda nafaqat yoshlar, balki ustoz-murabbiylar ham faol ishtirok etdilar, tadbir yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Аlohida taʼkidlash kerakki, respublikamizda nogironlarga huquq va erkinliklarni ro‘yobga chiqarishda Oʼzbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni to‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish davlatimizning bu boradagi siyosatini belgilaydi. Bu esa davlatimizni har bir fuqaro va aholi borasidagi g‘amho‘rligini bildiradi.