Siz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qoladi!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar! TATUda joriy yilning 10-13-may kunlari Respublika qon quyish markazi tashabbusi bilan “Xayrli ish sari” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Donorlik asosida topshirilgan qon – animiya kasalligiga chalingan bolalarga, baxtsiz hodisaga uchrab, ko‘p qon yo‘qotganlarga quyiladi.Shu kunlari beg‘araz qon topshirishga barchani chorlab qolamiz! UNUTMANG! SIZ TOPSHIRGAN QON KIMNINGDIR HAYOTINI SAQLAB QOLADI!