Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-yanvardagi 41-f-son Farmoyishiga asosan mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston ekologik harakati hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan 26-yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining koʻngilli talaba-yoshlari Yunusobot tumanida joylashgan “Shahidlar maydoni” va unga tutash hududlarda hamda Minor qabristonida umumxalq xayriya hasharini amalga oshirdilar. Hasharda Yunusobod tumani hokimiyati, Oʻzbekiston ekologik harakatining Toshkent shahar va Yunusobod tumani boʻlimi vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tumani kengashi faollari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 100 ga yaqin koʻngilli talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar