Hashar – elga yarashar!

  • Asosiy
  • Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

🌳Xabaringiz bor, 13–14-mart kunlari respublikamiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari e’lon qilingan edi.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham tozalik, ozodalik, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan hashar davom etmoqda.

🌿 Hashar davomida universitet hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, bino va inshootlar atrofi hamda yo‘laklarda sanitar-tozalash ishlari olib borildi. Hudud chiqindilardan tozalanib, atrof-muhit ozoda va saranjom holatga keltirildi.

🌱 Mazkur hasharda oliygohning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda ko‘ngillilar faol ishtirok etishmoqda.

✅ Obod va fayzli maskan – barchamizning umumiy sa’y-harakatlarimiz samarasi!