Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz boʼylab “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish xayriya hashari boʼlib oʼtadi.
Bugun, hasharning birinchi kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot texnologiyalari universitetida uninversitet professor-oʼqituvchilari, talabalari ishtirokida ham umumxalq hashari oʼtkazildi.
Hashar ikki joyda: Toshkent hayvonot bogʼi hamda universitet hovlisida tashkil etildi.
Xalqimizda tozalik, obodalik bor joyda fayz-baraka boʼladi, degan fikri bejizga emas, albatta.
Dastavval hasharchilarga universitet hududidagi va tashqarisidagi obodonlashtiriladigan joylar, daraxt ekiladigan maydonlar, oʼquv binolari, sport inshootlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan soʼng daraxtlar oqlanib, universitet hududlarda daraxt va gul koʼchatlari ekildi. Oʼquv binolari, sport inshootlari, talabalar turar joyi atroflari ham obodonlashtirilmoqda.
Shuningdek, Toshkent hayvonot bogʼida ham xashar ishlari olib borilmoqda. Ertaga ham erta tongdan hashar davom etadi.
Barchangizni ushbu xayriya hasharida faol boʼlishingizni soʼraymiz.