“XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JON!” SHIORI OSTIDA HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

  • Asosiy
  • “XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JON!” SHIORI OSTIDA HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

“XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JON!” SHIORI OSTIDA HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik Sharif Madiev va bir guruh harbiylar ishtirok etishdi.

Tadbirda Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash har bir insonning Vatani oldidagi muqaddas burchi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda harbiy orkestr ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.