(UNESCO-ICHEI) direktori professor HAN Wei boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • (UNESCO-ICHEI) direktori professor HAN Wei boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Kuni kecha, 2-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan UNESCO shafe’ligidagi Oliy ta’limda innovatsiyalar xalqaro markazi (UNESCO-ICHEI) direktori professor HAN Wei boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🗒Tashrif davomida UNESCO shafe’ligidagi Oliy ta’limda innovatsiyalar xalqaro markazi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida SMART CLASS ochish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

🖊Tadbir so‘nggida tomonlar o‘rtasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Xalqaro onlayn ta’lim institutining O‘zbekistondagi Milliy markazi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

❗️Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida SMART CLASS ochish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan UNESCO shafe’ligidagi Oliy ta’limda innovatsiyalar xalqaro markazi o‘rtasida shartnoma imzolangan edi.