Rossiya Federatsiyasi Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik kengaymoqda

  • Asosiy
  • Rossiya Federatsiyasi Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik kengaymoqda

2018 yil 18 oktyabr kuni birinchi Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi “Yangi kadrlar-yangi iqtisodiyot uchun” doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Prof. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti oʻrtasida taʼlim va fan soxasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek forum davomida Novosibirsk davlat texnika universiteti, Don davlat texnika universiteti, Tambov davlat texnika universiteti bilan ilm-fan, taʼlim va texnologiyalar sohasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Prof. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti rektori Bachevskiy Sergey Viktorovich hamdaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich.


Novosibirsk davlat texnika universiteti rektori Batayev Anatoliy Andreyevich hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich.


Don davlat texnika universiteti rektori Mesxi Besik Choxoyevich hamdaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich.


Tambov davlat texnika universiteti rektori Krasnyanskiy Mixail hamdaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich.