TATU "Karyera markazi" Ucell bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliy konferensiya o'tkazdi.

  • Asosiy
  • TATU "Karyera markazi" Ucell bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliy konferensiya o'tkazdi.

TATU "Karyera markazi" Ucell bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliy konferensiya o‘tkazdi.

📆 Joriy yilning 26-aprel kuni 📶 Ucell kompaniyasining bosh ofisida Telekommunikatsiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "(1G) – (5G) mobil aloqa xizmatlari avlodlarini joriy etish" mavzusida amaliy konferensiya o‘tkazildi.

👨‍🎓Anjumanda Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 200 ga yaqin nomzod talabalar orasidan 20 ga yaqin saralab olingan va so‘rovnomalardan o‘tgan talabalar ishtirok etishdi.

🎙 Tadbir davomida Ucell kompaniyasi texnik direktori va rahbarlari kasbiy mahorat sirlari haqida maʼruza qilishdi.  

📡 Ishtirokchilar uchun ofis bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Bunda talabalar Ucell ofisida ish jarayoni qanday kechishi va soha mutaxassislari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

🔝 Ayniqsa maʼruzachilar orasida universitetimizning sobiq talabalari borligi va ular bugun Ucell kompaniyasida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borayotgani talabalar uchun yaxshi motivatsiya bo‘ldi.

💼 Tadbir so‘nggida suhbatdan o‘tgan nomzodlar amaliyot o‘tash hamda mehnat faoliyatini boshlash maqsadida arizalar topshirishdi.