TATUga Mordova davlat universiteti vakillarining tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi yuzasidan 2017 yil 12 aprel kuni qabul qilingan PF-2885 – “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini bajarish yuzasidan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Rossiya Federatsiyasi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda. Jumladan, 2017 yil 21 iyun kuni Mordova davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Shu kuni Mordova davlat universiteti vakillari: Vladimir Erofeyev va Nikolay Antoshkin larning TATU rahbariyati: T.Teshabayev, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor F.Agzamov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Abdujalilov ishtirokida uchrashuvlari tashkil etildi.
Ushrashuv boshida mehmonlarga To‘lqin Zakirovich tomonidan universitet tarixi, mavjud fakultetlar, universitetning filiallari va xozirgi kunda universitetda olib borilayotgan islohotlar bilan birga, universitetning Rossiya Federatsiyasi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Mordova davlat universiteti fizika, matematika fanlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilganligi va pedagog kadrlarni malaka oshirish kurslari mavjudligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
- professor o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy xodimlarning malaka oshirish va almashinuv dasturi;
- hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- hamkorlikda seminar, konferensiya va simpoziumlar tashkil etish;
- O‘quv rejalar va o‘quv dasturlarni hamkorlikda shakllantirish va kurs materiallarini almashish bo‘yicha hamkorlik rejalari tuzib olindi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar rektorga uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va kelgusida amalga oshirilishi belgilab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.