TATUda hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

  • Asosiy
  • TATUda hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrifi yuzasidan 2017 yil 12 aprel kuni qabul qilingan PF-2885 - “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Rossiya Federatsiyasi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.
Jumladan, 2017 yil 21 iyun kuni Qozon davlat arxitetura-qurilish universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Shu kuni Qozon davlat arxitetura-qurilish universiteti vakillari Olga Baxareva va Rinat Safiullinlarning universitet rahbariyati: rektor T.Teshabayev, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor F.Agzamov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Abdujalilov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga rektor To‘lqin Zakirovich tomonidan universitet tarixi, mavjud fakultetlar, universitetning filiallari va xozirgi kunda universitetda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida hamda TATUning Rossiya Federatsiyasi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida:
- professor o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy xodimlarning malaka oshirish va almashinuv dasturi;
- hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- hamkorlikda seminar, konferensiya va simpoziumlar tashkil etish;
- O‘quv rejalar va o‘quv dasturlarni hamkorlikda shakllantirish va kurs materiallarini almashish bo‘yicha hamkorlik rejalarini tuzishkabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar rahbariyatga ushbu uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi va kelishib olingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.