27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (O‘zR IIV Akademiyasi boshlig‘i B.A.Matlyubov) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (rektor T.Z.Teshabayev) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.
Memorandumni imzolashdan maqsad: tomonlarning o‘zaro hamkorligida ta’lim-tarbiya jarayonini monitoring qilishda shaxsni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish orqali nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish, mutaxassis kadrlarni tayyorlashda axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan o‘zaro foydalanish, mamlakat hududida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurasha oladigan kadrlarni tayyorlash, kiberxavfsizlik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash sohasida ilmiy tadqiqot va o‘quv metodik ishlarini amalga oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va jinoyat-protsessual, ma’muriy-huquqiy sohalarning axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid muammolari ustida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik va amaliy ishlarni bajarishda hamkorlikda ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
TATU matbuot xizmati